(370) 717-17-76
O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI

JISMONIY TARBIYA SPORT NAZARIYASI VA USLUBIYATI KAFEDRASI

 

        Kafedra mudiri:     Umarov Djamshid Xasanovich

        Telefon:                  (90) 178-55-95

        e-mail:                    j.umarov@uzdjtsu.uz

 

 

KAFEDRA TARIXI

1957 yilda “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati” kafedrasiga asos solindi. Uning dastlabki mudiri E.F.Ishchenko edi.Kafedra faoliyat yuritgan davrlar mobaynida unga etakchi pedagog-olimlardan p.f.n., dotsent K.F.Bakuniene, p.f.n., dotsent I.M.Kolotilova, p.f.n., dotsent K.M.Mahkamjonov, p.f.n., professor R.S.Salomov, b.f.n., professor YU.M.YUnusova, p.f.n., dotsent R.M. Matkarimov, p.f.d., professor F.A.Kerimov, p.f.n. O.V.Goncharovalar rahbarlik qilgan.2016 yil noyabr oyidan kafedrani p.f.n., dotsent D.X. Umarov boshqarib kelmoqda.

 

 

1960 yildan boshlab, “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi mustaqil kafedra sifatida faoliyat yurita boshlagan. 1967 yilda uning tarkibi N. Zisman, L. Polyakova, B. Roytburg singari tajribali o`qituvchilar bilan to`ldirildi. Kafedraga 1960 yildan 1967 yilga qadar boshchilik qilgan p.f.n. K. Bakuniene uning shakllanishi va rivojiga katta hissa qo`shdi. Ilk bor “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati” fanidan ma’ruzalar o`zbek tilida o`qitila boshladi. Turli yillarda kafedraga pedagogika fanlari nomzodi, dotsent M. Godik (1967-1969), biologiya fanlari nomzodi, dotsent YU. YUnusova (1972-1984) rahbarlik qilgan. Bu davr mobaynida kafedra rivojlanib, katta yutuqlarga erishdi. Kafedrada p.f.d., professor R.S.Salomov, b.f.n., professor T.T.YUnusov, b.f.n., professor YU.M.YUnusova kabi etakchi soha mutahassislari, shuningdek, yuqori malakali pedagoglar – S.R.Daurenova, E.YU.Daurenov, M.A.Mirodilov, L.Polyakova, E.Tarasova, SH.X.Isroilov, N.M.Atamuxamedovalar faoliyat ko`rsatdilar.So`nggi yillarda bakalavr mutaxassisligida “Kasb taьlimi” va “Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport” yo`nalishlari tashkil etilganligi sababli talabalar soni birmuncha oshdi hamda jismoniy tarbiya, sport  nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o`qituvchilari tarkibi ham boyidi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g’risida”gi PF-5368-son farmoni ijrosi yuzasidan O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti negizida O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tashkil etildi, hamda “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi nomi “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi deb o`zgartirildi. Kafedrada o`quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlar to`g’ri yo`lga qo`yilganligi sababli bir qator yutuqlarga erishib kelinmoqda. Jumladan, kafedra tomonidan muntazam ravishda “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va amaliyoti” fanidan Respublika talabalar fan olimpiadasi tashkil etilib kelinadi.2017 yilda kafedra katta o`qituvchisi M.Mirjamolov dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilib,  pedagogika fanlari bo`yicha falsafa doktori ilmiy darajasini oldi. SHuningdek, 2017 yilda yilda kafedra katta o`qituvchisi e.Raxmanov Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o`tkazilgan “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi respublika bosqichining “Xizmat ko`rsatish sohasi” ta’lim sohasi bo`yicha 2017 yil uchun “Mutaxassislik bo`yicha eng yaxshi pedagog” nominatsiyasi g’olibi bo`ldi. Kafedra professori, p.f.d. F.A.Kerimov O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 avgustdagi farmoniga binoan  "Do`stlik" ordeni bilan taqdirlandi.

 Bugungi kunda bakalavrlarga kafedrada quyidagi fanlar bo`yicha ma`ruza va seminar mashg`ulotlar olib borilmoqda

 

Bugungi kunda magistrlarga kafedrada quyidagi fanlar bo`yicha ma`ruza va amaliy mashg`ulotlar olib borilmoqda:

 

PROFESSOR O’QITUVCHILAR TARKIBI:

Kafedra professor- o‘qituvchilarining tayanch ma’lumoti, ilmiy daraja va ilmiy unvonlari, ixtisosliklari kafedra ixtisosiga mos keladi.Kafedrada 22,5 shtat mavjud, ulardan asosiy shtatda 1 nafar kafedra mudiri, 1,25 nafari professor, 5 nafari dotsent, 4 nafari katta o‘qituvchi, 11,5 nafari o‘qituvchilar lavozimida faoliyat olib borishmoqda.

PROFESSOR-O`QITUVCHILAR TOMONIDAN NASHR ETILGAN АDABIYOTLAR

 

KAFEDRANING HAMKORLIK ALOQALARI

Kafedra mudiri

Umarov Djamshid Xasanovich
Kafedra mudiri, p.f.n.,Dotsent
Dushanba 1400-1700; Shanba 1400-1700;

O'qituvchilar

Kerimov Fikrat Azizovich
Kafedra professori, p.f.d.
Qabul kunlari Dushanba-Chorshanba:14:00-17:00
90 354-24-75
Goncharova Olga Viktorovna
Kafedra dotsenti, p.f.n.,
Qabul kunlari seshanba-juma:14:00-17:00
90 329-15-46
Raxmatova Dilnoza Nigbayevna
Kafedra dotsenti, p.f.n.,
Qabul kunlari seshanba-juma:14:00-17:00
97 420-15-82
Raxmanov Eldor Tolibjonovich
Kafedra dotsenti.
Qabul kunlari seshanba-juma:14:00-17:00
94 678-83-23
Chastoyedova Anna Yurevna
Kafedra dotsenti.
Qabul kunlari Dushanba-Chorshanba:14:00-17:00
91.136 63 51
Salixova Gulsara Xasanovn
Kafedra katta o’qituvchi
Qabul kunlari seshanba-juma:14:00-17:00
93 588-22-32
Badalova Barno Umarjanovna
Kafedra o’qituvchi
Qabul kunlari seshanba-juma:14:00-17:00
90 953-26-64
G`ofurov Baxodir Xoshimovich
Kafedra o`qituvchi
Rajabov Sardor Sa’dullayevich
Kafedra o’qituvchi
Qabul kunlari seshanba-juma:14:00-17:00
90 372-28-38
Bobomurodov Abdurafiq Egamurodovich
Kafedra o’qituvchi
Reception days Tuesday-Friday: 14:00-17:00
93 562-45-62
Qurbonov Xurshid Xolliyevich
Kafedra o’qituvchi
Qabul kunlari seshanba-juma:14:00-17:00
99 842 57 08
Kurbanova Nafosat Sadullayevna
O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi O’qituvchi
Qabul kunlari Dushanba-Chorshanba:14:00-17:00
93 513 83 94
Arabov Husan Sodiq o’g’li
Kafedra o’qituvchi
Irnazarova Viktoriya Leonidovna
Kafedra o’qituvchi
Muradov Farxat Maxmudjanovich
Kafedra o’qituvchi
O’rinboyev Eldor Abdurasulovich
Kafedra o’qituvchi
Tojiyev Muzaffar Arbarovich
Kafedra o’qituvchi