(370) 717-17-76
O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI

YAKKAKURASH SPORT TURLARI FAKULTETI

 

   Dekan: Artikov Zohidjon Sobirovich 

   Qabul kunlari: Dushanba - Shanba: 15:00- 17:00

   Telefon: (91) 166-89-84

   e-mail: A.iskandar80@ inbox.ru

     

 

 

Fakultet to`g`risida ma`lumot 

 Yakkakurash sport turlari  fakulteti universitetning eng birinchi ochilgan fakultetlaridan biri hisoblanadi. Fakultet faoliyati davomida R.D.Xalmuhammedov, K.D.Yarashev, N.M.Yusupov, O.J.Dadaboyev,I.B.Aliyevlar tomonidan boshqarilgan.Hozirgi kunda fakultetga  falsafa doktori (PHD) dotsent  Artikov Zohidjon Sobirovich rahbarlik qilib kelmoqda.Fakultetda   bugungi  kunda bakalavriat kunduzgi yunalishida – 1002 nafar, bakalavriat sirtqi yunalishida – 803 nafar, jami 1805 nafar talaba tahsil olmoqda. Ta`lim  o`zbek va rus tillarida olib boriladi. Fakultet talabalari orasida sport ustalari, xalqaro toifadagi sport ustalari,  xizmat ko`rsatgan sport ustalari unvonlariga sazovor bo`lgan chempionlar,  mamlakatimiz terma jamoasi a`zolari sifatida Olimpiada, Jahon va Osiyo musobaqalarida munosib qatnashmoqdalar.

Fakultet tarkibida kafedralar:

1.Boks, taekvondo, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati.

2.Milliy sport turlari, o`yinlari nazariyasi va uslubiyati.

3.Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati.

Fаkultetga biriktirilgan tа`lim yo`nаlishlаri:

 

Bakalavr kunduzgi talim

4 yillik Sport faoliyati:

Bakalavr sirtqi talim

5 yillik Sport faoliyati:

5610502 Boks

5610509  Qilichbozlik

5610518 Taekvondo

5610516  Erkin kurash

5610538 Yunon-rum kurashi

5610515 Dzyudo

5610519 Sambo

5610520 Kurash

5610517 Belbog’li kurash

5610502 Boks

5610509  Qilichbozlik

5610518 Taekvondo

5610516  Erkin kurash

5610538 Yunon-rum kurashi

5610515 Dzyudo

5610519 Sambo

5610520 Kurash

5610517 Belbog’li kurash

 

 

Bakalavr maxsus sirtqi talim

3 yillik Sport faoliyati:

5610502 Boks

5610509  Qilichbozlik

5610518 Taekvondo

5610516  Erkin kurash

5610538 Yunon-rum kurashi

5610515 Dzyudo

5610519 Sambo

5610520 Kurash

5610517 Belbog’li kurash

 

 

FAKULTET  FAXRIY PROFESSOR-O`QITUVCHISI HAQIDA MA`LUMOT

 

Ilov Aslan Nurovich

15.01.1948 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan.Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi dotsenti.SSSRda xizmat ko`rsatgan sport ustasi (1975) va O`zbekiston SSRda xizmat ko`rsatgan fizkultura va sport xodimi (1982). 

 

 

 

Xalmuxamedov Rustam Dekanovich 

17.05.1957 yilda Toshkent shahrida  tug`ilgan.Boks, taekvondo, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professori. Pedagogika fanlari doktori.O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan murabbiy

 

 

Usmonxo`jaev Tal`at Saidovich 

14.11.1932 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan. Milliy sport turlari, o`yinlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professori. Pedagogika fanlari doktori. “1-darajali Sog‘lom avlod uchun” ordeni sohibi

 

 

FAKULTET IQTIDORLI VA SOVRUNDOR TALABALARI

 

JALOLOV BAHODIR ISOMIDDIN O`G`LI

07.08.1994 yil, Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani - og`ir vazn toifasida ringga chiqqan, umidli, mag`lubiyatsiz professional professional bokschi. Havaskorlar o`rtasida Olimpiya o`yinlarining chorak finalchisi (2016), jahon chempioni (2019), Jahon kubogi bronza medali (2015), ikki karra Osiyo chempioni (2017, 2019).Professionallar orasida, og`ir vaznda NABF Junior (2019 yilgacha) bo`yicha o`smirlar o`rtasida Shimoliy Amerika chempioni.

 

 

TANGRIEV   ABDULLA  

Xalqaro toifadagi sport ustasi, O`ta og`ir vaznda Jahon chempionati oltin medal sohibi, 2008 yil Olimpiada o`yinlari kumush medali sohibi, Jahon chempionati bronza medali sohibi, 5 karrra Osiyo chempioni, Kurash sport turi bo`yicha Jahon chempioni, Davlatimiz tomonidan «Shuhrat» medali sohibi. 

 

 

 

OLTIBAEV  BEKMUROD  KOMIL  O`G`LI

1997 yil 7-iyulda Surxandaryo viloyati Sho`rchi tumanida tug`ilgan.Dzyudo bo`yicha xalqaro toifadagi sport ustasi.2019 yil Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida bo`lib o`tgan Osiyo uyinlari sovrindori.O`zbekiston, Osiyo, Jahon chempionatlari hamda xalqaro musobaqalar g`olibi. O`zbekiston terma jamoasi a`zosi.

 

 

 

KELDIYOROVA DIYORA BAXTIYOR QIZI

1999 yil 14-iyunda Samarqand viloyatida tug`ilgan.Dzyudo bo`yicha xalqaro toifadagi sport ustasi.O`zbekiston, Osiyo, Jahon chempionatlari hamda xalqaro musobaqalar g`olibi. 2019 yil Italiyada bo`lib o`tgan Jahon universiadasi sovrindori Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi.O`zbekiston terma jamoasi a`zosi.

 

 

 

BATUROV BOBO-USMON SHAMSUTDIN O`G`LI

1994 yil  16-oktyabrda Jizzax viloyati Paxtakor tumanida tug`ilgan.Yakkakurash sport turlari fakulteti talabasi. Boks bo`yicha xalqaro toifadagi sport ustasi. 2018 yil Indoneziyaning Jakarta shahrida bo`lib o`tgan Osiyo o`yinlari g`olibi.2019 yil “Mard o`g`lon” davlat mukofoti bilan taqdirlangan.O`zbekiston terma jamoasi a`zosi. Fakultet Bitiruvchilari  bugungi kunda O`rta maxsus kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, Olimpiya zaxira ihtisoslangan sport maktablari, umumta`lim maktablarda, Sport federatsiyalarda, Bolalar va o`smirlar sport maktablarida, Huquq-tartibot organlarida, Oliy va o`rta maxsus ta`lim muassasalarida faoliyat yuritmoqda.

 

XALQARO HAMKORLIK 

Yakkakurash sport turlari  fakultetiyning hamkorlik aloqalari  Janubiy Koreya Respublikasining “Dankuk” universiteti, Yaponiyaning Sport va fan universiteti, Xitoy jismoniy tarbiya va sport universiteti, Belarus davlat jismoniy tarbiya universiteti, Rossiya davlat jismoniy madaniyat, sport, yoshlar va turizm universiteti, Rosiyaninig Uzoq SHarq davlat jismoniy madaniyat akademiyasi, P.F.Lesgaft nomidagi Sankt-Peterburg davlat jismoniy madaniyat, sport va salomatlik universitetlari  bilan yo`lga qo`yilgan. Belbog`li kurash bo`yicha “Vengriya belbog`li kurash federatsiyasi prezidenti a.f.d., professor Androsh Biro Jolt hamda Qozog‘iston sport akademiyasi “kurash turlari” kafedrasi bilan, halqaro hamkorlik bo`yicha shartnoma tuzilgan.

Dekan
ARTIKOV ZOXIDJON SOBIROVICH
Qabul kunlari Dushanba- Shanba 15:00-17:00
O'quv ishlari bo'yicha dekan muovini
Qirg‘izboev Ma’rufjon Mo‘ydinovich
Qabul kunlari Dushanba - Shanba: 15:00 - 17:00
(99) 834-47-23
O'quv ishlari bo'yicha dekan muovini
Jo‘raev Ahmad Muhammadievich
Qabul kunlari dushanba – shanba: 15:00 - 17:00
(99) 401-60-30